UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

“Gerede jelatin”:O‘zbekistonda yangi loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga a’zo korxonalardan iborat delegatsiyaning Turkiya Respublikasiga amaga oshirgan ishbilarmonlik tashrifining navbatdagi manzili Gerede tumani bo‘ldi. Do‘stona muzokaralar, samarali muloqotlar ikki davlat biznes doira vakillari o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishiga sabab bo‘ldi.

Dastlab uyushma korxonalari Gerede tumani savdo-sanoat palatasida bo‘lib, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda tadbirkorlarimiz tomonidan xorijiy hamkorlarga mamlakatimiz charmsanoat sohasidagi islohotlar, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati, o‘z ishlab chiqarishlaridagi yangiliklar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun: Turkiyaning Gerede tumani charmni qayta ishlash sohasidagi yirik ishlab chiqarish hududi sanaladi. Bugungi kunda hududda 127 ta charmni qayta ishlash zavodi mavjud. Korxonalar kuniga to‘rt tonna terini qayta ishlash imkoniga egadir. Shuningdek, 54 ta korxona Yevropa standartlari talabiga binoan modernizatsiya qilinib, yangi texnologiyalar asosida terini qayta ishlab kelmoqda. Korxonalarning aksariga LWG standartlari joriy etilgan. Tumandan oltita jelatin zavodi bor. Natijada bir yilda jelatin zavodlarining foydasi 100 mln. dollarni tashkil etdi.

Mahalliy tadbirkorlarimiz terini qayta ishlash sohasidagi yangiliklar va so‘ngi texnlogiyalar bilan tanishish maqsadida ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, Turikya tajribasi bilan tanishdi. Shuningdek, atrof-muhit muhofazasi sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

“Gerede Jelatin” korxonasi O‘zbekistonda yangi ishlab chiqarish quvvatini amalga oshirishni maqsad qilgan. Mas’ullar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy va amaliy ishlar muhokama etildi. Kompaniya vakillari mart oyida O‘zbekistonga tashrifi buyuurib, loyihani amalga oshirish va qaysi vaqtda yakunlash bo‘yicha taxlil o‘tkazadi. Shuningdek, taxillar yakuni bilan KSZ larida jelatin zavodini qurishga kirishadi.

Forumdan so‘ng, B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat ishbilarmonlari hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishdi. Xususan, O‘zbekistonning “KFK” va Turkiyaning “Doner Deri” kompaniyalari o‘rtasida poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish va uchinchi davlatga eksport qilish bo‘yicha muzokara olib borildi. Ikki tomonlama uchrashuvda tomonlar mazkur loyihaning amaliy va tashkiliy jihatlarini muhokama etisishdi. Turk kompaniyasi mart oyida mamlakatimizga tashrif buyurib, hamkorlikning istiqbollarini muhokama qiladi. Yil yakuniga qadar yangi loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda.

Qayd etish kerak, ushbu ishbilarmonlik tashrifi mamlakatimiz charmsanoati korxonalari uchun yangi hamkorlar topishda qulay biznes platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.