UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

QASHQADARYODA 1.8 MLN. DOLLARLIK INVEST LOYIHА AMALGA OSHIRILADI

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo korxonalardan iborat delegatsiyaning Turkiyaga amalga oshirgan ishbilarmonlik tashrifining navbatdagi kunida Izmir shahrida joylashgan terini qayta ishlash, poyabzal korxonalari va brendlar bilan samarali muloqot va muzokaralar boʼlib oʼtdi.

Dastlab, mamlakatimiz delegatsiyasi Izmir erkin sanoat hududida boʼlib, hudud direktsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv oʼtkazdi. Mazkur hududning imkoniyatlari, mavjud charmsanoat korxonalari faoliyati va sanoat hududiga loyhalarni joylashtarish boʼyicha tajribasi oʼrganildi.

Muloqotda Uyushma tomonidan Turkiya tomoniga mamlakatimizning charmsanoat sohasidagi yutuqlari, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati toʼgʼrisida maʼlumot taqdim etildi. Bojxona, soliq imtiyozlari, loyihalarni amalga oshirishda xorijiy investorlarga yaratilgan sharoit va ajratilgan preferentsiyalar toʼgʼrisida taqdimot oʼtkazildi.

Oʼz navbatida Izmir erkin sanoat hududi mamlakatimiz bilan Turk kompaniyalarining hamkorligini kengaytirishga, Oʼzbekiston charm sanoati haqida atroflicha maʼlumotlar taqdim etishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Delegatsiya aʼzolari “Nevzat Onay” korxonasida boʼlib, ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar naʼumanlari bilan tanishdi. Premium klasdagi poyabzallarini ishlab chiqarish va shahsiy brendni shakillantirish boʼyicha tajriba almashildi.

Turkiyaning “EGE” sunniy charm ishlab chiqarish korxonasida boʼlib oʼtgan muloqotlarda esa, sunniy charmni ishlab chiqarishda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari koʼrib chiqildi.

Qashqadaryodagi “Husain” MJCh va Turkiyaning “Ikiler” kompaniyasi Oʼzbekistonda umumiy qiymati 1,8 mln. dollar boʼlgan qoʼy terisini qayta ishlash boʼyicha yangi invest loyihani amalga oshiradi. Toʼliq Turkiya texnologiyasi asosida ishlovchi korxonada Qashqadaryo, Surxondaryoda xosil boʼluvchi qoʼy terisi toʼliq qayta ishlanadi. Shuningdek, tayyor charmdan qoʼshilgan qiymatli tayyor poyabzal, charm-attorlik buyumlarini ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyiladi.