UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

#MadeInUzbekistan

Bugun #MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Farg'ona viloyatida joylashgan "LEATHER SHOES EXPORT" MCHJ mahsulotlari haqida ma`lumot beramiz. Korxona 2016 yilda tashkil etilgan.Asosiy ish faoliyati erkaklar poyabzallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda korxonada 20 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati oyiga 10 000 juftni tashkil etadi.

"LEATHER SHOES EXPORT" MCHJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar modellarining turi 100 hil dan oshiqdir. Maxsulotning o’rtacha narxi 70 000 so’mni tashkil etadi.Korxona nafaqat mahalliy bozorda balki xorijda ham o`z xaridorlariga egadir. Korxona mahsulotlari Rossiya,Tojikiston va Qozog'istonga eksport qilinadi