UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

“Belfa” kompaniyasi Oʼzbekistondan 20 tonna jun mahsulotlarini xarid qiladi

Belorus Respublikasining Minsk shahrida “Ishchi kiyimlar, xavfsizlik va mehnat muhofazasi” xalqaro koʼrgazmasi oʼz ishini boshadi. 13-15 fevral kunlari boʼlib oʼtadigan ushbu yirik biznes anjumani sanoat va xizmat koʼrsatish sohalari vakillarini bir maydonga jamladi. Koʼrgazma muhim ishbilarmonlik dasturi bilan toʼldirildi.

Oʼzbekiston korxonalari mazkur koʼrgazmaning debyutanti sanaladi. “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi unga aʼzo korxonalardan iborat delegatsiya “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendida maxsus poyabzallar, charm buyumlar, butlovchi qismlar, charmsanoat sohasi uchun zarur boʼlgan kimyoviy moddalar, jun va moʼyna mahsulotlarini namoyishga qoʼygan.

Koʼrgazmaning dastlabki kunida Belorus Respublikasining “Trud” hamda mahalliy "Ulkan Laziz" MChJ oʼrtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan muzokaralar oʼtkazildi. Maxsus poyabzallarni mahalliy korxonamizdan xarid qilish boʼyicha dastlabki kelishuvga erishildi.

"Труд Спецобувь" MChJ esa Oʼzbekistondan poyabzal ustki qisimlarni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Korxonalarimiz tomonidan kompaniyaga mahsulot naʼmunalari taqdim etildi.

"Amr-ul Baxr" MChJ korxonasi hamda "СЕЙФТИМ" MChJ, "Труд Спецобувь" MChJ korxonalari oʼrtasida boʼlib oʼtgan muloqotlarda tomonlar mahalliy korxonamizning mahsus poyabzallarini xarid qilish boʼyicha dastlabki kelishuv istiqbollari koʼrib chiqishdi.

Belorusyaning “Belfa” kompaniyasi Oʼzbekistonning "Tinchlik" MChJ korxonasi bilan jun mahsulotlarini sotib olish boʼyicha kelishuvga erishdi. Belarus kompaniyasi bilan Oʼzbekistondan 20 tonna qayta ishlangan jun mahsulotlarini xarid qilish boʼyicha kelishuvga erishildi.