UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

O‘zbekiston charm sanoatiga innovatsion tadqiqotlar joriy etiladi

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Fashion Style Russia" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi turli idora va birlashmalar, tadqiqot markazlari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida muloqot va muzokaralar o‘tkazmoqda.

Uyushma delegatlari Rossiya tekstil va yengil sanoat innovatsion markazida bo‘lib, uning faoliyati, charmsanoat sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar bilan tanishdi. Uchrashuvda hamkorlikda charm sanoati sohasida laboratoriya sinovlarini o‘tkazish, sohaga innovatsion yechimlarni ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, kardlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalasida markaz imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollari ko`rib chiqildi. O‘zbekistonda charmsanoat tarmog`ida innovatsion texnopark yaratish masalasida markaz tajribasi o‘rganildi. Muloqotda mamlakatimizda mavjud bo‘lmagan o‘lchashlarni joriy etishda amaliy va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Tashkil etilishi rejalashtirilayotgan texnopark avvalo charm sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga mahsulotlar sifatini sinovdan o‘tkazish, yangi modellarni yaratishda innovatsion ishlanmalarni taqdim etish, mutaxassislar malkasini oshirish, ilmiy tadiqoqtlar o‘tkazishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.

Ko‘rgazma doirasida poyabzal uchun yelimlar va PU ishlab chiqaruvchi Rossiyaning "Shtark Chemicals" korxonasi bilan muzokara o‘tkazildi. Unda xozirda mamlakatimizga kirib kelayotgan ayrim turdagi yelim xom ashyosini yetkazib berish borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi.