UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

“Wildberries-Uzbekistan” charmsanoat korxonalarini savdo platformasiga jalb qilmoqda

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi va “Wildberries”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda mamlakatimizdagi charm, poyabzal va mo‘yna sanoati korxonalarining ushbu onlayn savdo maydonchasiga kirish imkoniyatini kengaytirmoqda. Bugun “O‘zcharmsanoat” uyushmasida soha korxonalari va tadbirkorlar uchun onlayn hamda oflayn rejimda o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, “Wildberries” – MDHdagi mijozlar bazasi katta bo‘lgan eng yirik savdo maydonchasi sanaladi. Bugungi kunda u Rossiya, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Armaniston, Moldova, Turkiya, O'zbekiston va Ozarbayjonda eng mashhur savdo maydonchasi hisoblanadi. “Wildberries” o'ziga xos "Biznes inkubator" ham sanaladi. Sayt infratuzilmaning 90% barcha xarajatlarini qoplaydi. Savdo, reklama, logistika, ombor, buyurtmalarni qayta ishlash, mijozlarni boshqarish, ma'muriy funksiyalar va huquqiy masalalar shular jumlasidan.

Tadbirkorlar uchun o‘tkazilgan seminarda onlayn savdo platformasining funksional imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Ikki kunlik kurs dasturiga quyidagi mavzular kiritilgan:

•⁠ ⁠Wildberries platformasida ro'yxatdan o'tish

• Shaxsiy hisobingiz bilan ishlash

•⁠Mahsulot kartalarini yaratish

•⁠ ⁠Samarali savdo asoslari

•Mahsulotlarni reklama qilish

• Yukni ro'yxatdan o'tkazish

•⁠ ⁠Tahlil va hisobot vositalari va boshqalar.

Birinchi dars ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi. Unda “Wildberries” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va savdo maydonchasiga ko‘proq ishtirokchilarni jalb qilish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Darslar ikki kun davom etadi va ishtirok etish bepul.

Xuddi shunday seminar o‘zbek tilida ham o‘tkazilishi kutilmoqda.