UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

“Magna Sport” MCHJ

“Magna Sport” MCHJ Charm, poyabzal, attorlik, mo'yna va jun mahalliylashtirilgan mahsulotlar 15-xalqaro ko’rgazma yarmarka ishtirokchisi.

Korxona 2016 yilda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tashkil etilgan. Asosiy faoliyati jahon standartlari asosida sport mahsulotlari va inventarlarini ishlab chiqarishga qaratilgan.

“Magna Sport” MCHJ O`zbekistondagi sport mahsulotlarini ishlab chiqaruchi eng yirik korxonalardan biri sanaladi. Ishlab chiqarish quvvati xorijning zamonaviy tehnologiyalari bilan to`liq jihozlangan. Mahsulotlar orasida volebol, gondbol, futbol koptoklarini va boshqa sport inventarlarini uchratish mumkin. Korxonada 100 nafar ishchi mehnat qiladi. Mahsulotlarning asosiy qismi Rossiyaga eksport qilinadi.

“Magna Sport” MCHJ buyurtmachining talabidan kelib chiqib turli brendlar ostida mahsulotlar ishlab chiqarish bilan ham shug`ullanadi. Korxona mahsulotlarini respublikamizning istalgan burchagidagi do`konlarda uchratasiz.