UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

​"Italprogetti" S.P.A

"Italprogetti" kompaniyasi 1977 yilda Italiyaning ko'nchilik tumanlaridan biri bo'lgan Ponte a Egola (Piza) shahrida tashkil etilgan. Kompaniya ko'nchilik sohasi uchun polipropilen barabanlar va avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqarish, zavodlar uchun oqava suvlarni tozalash inshoatlarini loyihalash va qurish bilan shug`ullanadi. Yillar o`tib kompaniyaning to'plagan muhandislik tajribasi natijasida teri zavodlarini loyihalash va qurish bilan birga terini qayta ishlashda ham dunyodagi yirik kompaniyaga aylandi.

"Italprogetti" S.P.A o'zining yuqori tajribali muhandislar jamoasiga ega. Ular butun dunyo bo'ylab yangi korxonalarga ishlab chiqarishni loyihalash, terini qayta ishlash yo`nalishda hamkorlik asosida ko`mak ko`rsatadi. Shuningdek, mexanik, kimyoviy, atrof-muhit borasidagi elektron ilovalarni boshqarishda texnik yordam beradi.

Kompaniya haqida batafsil ma`lumotni korxonaning veb-saytidan olishingiz mumkin:https://italprogetti.it/en/