UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

#MadeInUzbekistan

Bugun #MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Farg'ona viloyatida joylashgan "SHARQ RAVON" MCHJ mahsulotlari haqida ma`lumot beramiz. Korxona 2017 yilda tashkil etilgan. Asosiy ish faoliyati EVA va poliuretandan tayyorlangan mavsumiy poyabzallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda korxonada 40 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati oyiga 160 000 juftni tashkil etadi.

"SHARQ RAVON" MCHJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar modellarining turi 40 hil dan oshiqdir. Korxona nafaqat mahalliy bozorda balki xorijda ham o`z xaridorlariga egadir. Korxona mahsulotlari Tojikiston va Qirg'iz Respublikasiga eksport qilinadi.