UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

“Karavan SK” Oxangaronda tayyor charm ishlab chiqarish korxonasini quradi

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Rossiyaning “Karavan SK” kompaniyasi rahbari bilan muloqot o`tkazdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi mamlakatimizda xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali tayyor charm ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish boʼldi.

Muzokaralar chogʼida yangi investitsiya loyihasini amalga oshirishning tashkiliy va amaliy jihatlari atroflicha muhokama qilib olindi. Xorijik investor mazkur investitsiya loyihasini Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tashkil etilayotgan charm-poyabzal va moʼyna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasida amalga oshirish istagini bildirib oʼtdi. Loyihani amalga oshirish uchun investor 4,5 mln.dollar miqdorida to`g`ridan-to`g`ri sarmoya kiritadi.

Rossiya kompaniyasiga Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 11 oktyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida islohotlarni yanada jadallashtirish va sohaning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan mamlakatimiz charmsanoati tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga ajralitgan qator imtiyozlar haqida ma`lumot taqdim etildi.

Oxangaronda tashkil etilgan KSZdagi yer maydonlari onlayn savdoga qo`yilishi bilan tanlovda ishtirok etish bo`yicha tashkiliy masalalar yuzasidan xorijiy kompaniyaga tushuntirish va axborot berildi.

Xorijiy investorga yer maydonini ajratish boʼyicha tegishli tartibda ishlarni amalga oshirish boʼyicha Uyushma tomonidan amaliy harakatlar boshlandi.