UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

#MadeInUzbekistan

Bugun #MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Jizzax viloyatida joylashgan “PROUD TEAM” MChJ faoliyati haqida ma`lumot beramiz.

Korxona 2023 yilda Jizzax viloyatida ishga tushirilgan. Asosiy ish faoliyati erkaklar va bolalar uchun mo`ljallangan poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Bugungi kunda korxonada 15 nafar ishchi mehnat qiladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati oyiga 15000 juftni tashkil etadi. Xozirga kelib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi 100 taga yetdi. Korxona mahsulotlari nafaqat ichki bozorda balki, xorijda ham xaridorgir.