UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

​Xitoyning “Shenxiang Heshan” kompaniyasi mamlakatimiz charm sanoatiga o`z sarmoyasini yo`naltiradi

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Xitoyning “Shenxiang Heshan” xalqaro import-eksport kompaniyasining Osiyo va Yevropa bo‘limi boshlig’i Tan Ping bilan uchrashuv oʼtkazdi. Muloqot mavzusi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz charm sanoatiga kompaniya sarmoyasini jalb qilish masalalari boʼldi.

Dastlab Uyushma tomonidan xorijiy hamkorlarga mamlakatimiz charm sanoatida soʼngi yillarda olib borilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport koʼrsatkichlari toʼgʼrisida taqdimot oʼtkazildi. Shuningdek, mahalliy va xorijiy investorlarga davlat tomonidan berilayotgan sharoit va imkoniyatlar, preferensiyalar toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.

Muloqotda Xitoy kompaniyasi Oʼzbekistonda bugungi kunda xorijik kompaniyalarga yaratib berilayotgan sharoitlar, hukumatning qoʼllab-quvvatlashi xorijiy sarmoyalar oqimining kengayishiga xizmat qilayotganini takidladi. Shu maqsadda kompaniya respublikamizning charmsanoat tarmogʼida ham hamkorlikda qoʼshma loyihalarni moliyalashtirishga tayyor ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Xitoy kompaniyaasi “O`zcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda soha korxonalarini zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan ta`minlashni moliyalashtirishni maqsad qilgan. Modernizatsiya jarayonlarida mahalliy korxonalar bilan aloqalarni yo`lga qo`yish niyatida. Xalq iste’moli uchun yuqori qo`shilgan qiymatli sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishda, respublikamizning eksport salohiyatini yanada oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat ko‘rsatish bo`yicha amaliy yordam berishni reja qilgan.

Muloqot yakunida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari va dasturlarni moliyalashtirish bo`yicha qaror qabul qilindi.