UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

“Kamtar Begoyim” МСHJ

#MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida joylashgan “Kamtar Begoyim” МСHJning mahsulotlari haqida ma`lumot beramiz.

2004 yilda o`z faoliyatini boshlagan korxonada hozirgi kunda turli modeldagi sport poyabzallari, kalish, sun’iy mo`yna, aksessuarlar va poyabzal tagliklar ishlab chiqarilmoqda.

Korxonada 154 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi. “Kamtar Begoyim” МСHJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar modellarining turi 100 dan oshiqdir.

Mahsulotlarningning o’rtacha narxi 90 000 so’mni tashkil etadi. Korxona mahsulotlari nafaqat mahalliy bozorda balki, Rossiya, Afg`oniston, Qozog`iston, Tojikistonda ham xaridorgir sanaladi.