UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

“TATA SHOES GROUP” MCHJ

#MadeInUzbekistan rukni orqali mamlakatimizda tabiiy charmdan tayyorlangan poyabzal, aksessuarlar haqida ma'lumot berishda davom etamiz. Bugun sizlarni “Tata Shoes Group” MCHJ “ mahsulotlari bilan tanishtiramiz. Korxona Toshkent viloyatida joylashgan bo'lib asosan ayollar poyabzallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Korxona 2017-yildan beri o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Korxona mahsulotlarining assortimenti biznesdan kundalik uslubgacha bo`lgan 1000 dan ortiq zamonaviy poyabzal modellarini o'z ichiga oladi. Mahsulotlarning barchasi tabiiy va sunniy charm, zamshdan tayyorlanadi.

Korxona o‘z mahsulotlarini qo‘shni davlatlar: Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiyaga eksport qiladi.