#MadeInUzbekistan
#MadeInUzbekistan rukni orqali mamlakatimizda tabiiy charmdan tayyorlangan poyabzal, aksessuarlar haqida ma'lumot berishda davom etamiz. Bugun sizlarni “OSIYO SAVDO SANOAT” MChJ mahsulotlari bilan tanishtiramiz. Korxona asosan "TM Doveriye" markasi ostida poyabzallarni ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.
Korxona 2015-yilda Andijon shahrida o'z faoliyatini boshlagan.Keng assortimentdagi erkaklar, o'smirlar va bolalar poyabzallarini ishlab chiqaradi. Korxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yerda kuniga 400 dan 800 juftgacha poyabzal ishlab chiqariladi.
Fabrikada 90 ta ishchi faoliyat olib boradi. Poyabzallar tayyorlashda korxona faqat eng sifatli toza charmdan foydalanadi.
"OSIYO SAVDO SANOAT" MChJ buyurtmachi brendi ostida zagatovkalar tikish va poyabzal ishlab chiqarish bilan ham shug'ullanadi.