HAR BIR BOLAGA MEXR-E`TIBOR AKSIYASI
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʼlgan shaxslarni qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorida ham 2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasida aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash darajasini 60 foizga yetkazish belgilab qoʼyilgan.Aytish joizki bu xayriya ishlari mamlakatimizdagi tarmoq korxonalarining say-harakatlari, homiylik koʼmaklari yordamida amalga oshirilmoqda.
Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan, inson manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish doirasida "O'zcharmsanoat" uyushmasi va unga a'zo homiylik asosida poyabzal va kiyim-kechaklar tadqim etgan korxonalar (Andijon viloyatidagi “RAVON TARAQQIYOT ORZUSI” MChJ, Namangan viloyatidagi "GRAND CHARM POYAFZALLARI" MChJ,"ISTIQBOL POYAFZAL SAVDO" MChJ, "KOSONSOY AL-AZIZ" MChJ,"GOLDEN-SHOES-GROUP" MChJ,"MASTER CLASS DIZAYN LIDER" MChJ, Sirdaryo viloyatidagi "AKBAR BIZNES STROY" MChJ, Samarqand viloyatidagi "GOOD NEW SHOES" MChJ, "CHAG'IZMON NUR BARAKA" MChJ, "ASIA METALS" MChJ, "ELEGANT SHOES" MChJ, Farg'ona viloyatidagi "ABDULATIF SHOES" MChJ, Surxandaryo viloyatidagi “DENOV RAVNOQ KOMOL” MChJ) tomonidan poytaxtimizdagi Ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabidagi bolalar uchun xayriya aksiyasini tashkil etildi va internat o'quvchilariga yangi poyabzal va kiyim-kechaklar taqdim etildi.
“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlaringiz biz uchun juda qadrli Sizning charm sanoat sohasini rivojlantirish, sohaning ishlab chiqarish, investitsiyaviy jozibadorligini oshirishdagi ulkan hizmatlaringiz Vatanimiz ravnaqiga xissa qoʼshib kelmoqda.
Yangi yil bayramida nogironligi bor farzandlarimiz uchun koʼrsatgan beʼgʼaraz homiylik koʼmagingiz, koʼngli yarim, eʼtiborga muhtoj yuzlab bolajonlarning qalbiga nur, oʼziga boʼlgan ishonchini orttirdi. Jannatmakon yurtimizda hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasligiga yana bir bor amin boʼlishdi.
"Oʼzcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda, hamjixatlikda amalga oshirgan homiylik koʼmagingiz uchun,"Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi F.Boboyev va uyushma jamoasi nomidan minnatdorchilig bildiramiz. Siz kabi oliyjanob va mexrga toʼla tadbirkorlarimiz bor ekan, vatanimiz bundanda gullab-yashnashiga ishonamiz. Sohani taraqqiy toptirish yoʼlidagi kelgusidagi masʼulyatli va sharafli vazifangizda ulkan zafarlar va marralar yor boʼlishini tilaymiz.