“Belwest” hamda “San+One” premimum sinfdagi poyabzallarni xarid qilish bo‘yicha hamkorlik qiladi
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga a’zo korxonalardan iborat delegatsiya ayni kunlarda Belorus Respublikasida bo‘lib, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha samarali muzokaralarga kirishgan.
Jumladan, mamlakatimiz delegatsiyasi mazkur mamlakatning “Marko” hamda “Belwest” konsernlariga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek “Autsorsing” va “Franchayzing” asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun: “Belwest”- Belorus poyabzal fabrikasiga 1988 yilda asos solingan. Yillik quvvati 2 mln juftni tashkil etadi. Bugungi kunda 350 dan ortiq o‘zining shahsiy savdo do‘konlariga egadir. Turli modeldagi erkaklar, ayollar, bolalar poyabzallarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Mulqotlarda mazkur kompaniya mahalliy brendimiz “San+One” bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbuslarini bildirdi. Mahalliy korxonamiz tomonidan taqdim etilgan poyabzal na’munalari Belorus kompaniyasida katta qiziqish uyg‘otdi. Qayd etish kerak, kompaniya bugungi kunda premimum sinifdagi erkaklar poyabzallariga extiyoj sezmoqda. Savdo do‘konlarida ushbu turdga oyoq kiyimlarga talab ortayotgani ma’lum qilindi. Shu sabab, kompaniya mahalliy ishlab chiqaruvchimiz bilan bu borada hamkorllika tayyor ekanligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida “Belvest” hamda “San+One” premimum sinfdagi poyabzallarni xarid qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.