UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

#MadeInUzbekistan

Bugun #MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Toshkent viloyati Oxangaron tumanida joylashgan “IMPERIYA SHOES” МСHJ mahsulotlari haqida ma`lumot beramiz.

Korxona 2019 yilda tashkil etilgan. Asosiy ish faoliyati sport poyabzallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Bugungi kunda korxonada 20 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati oyiga 20 000 juftni tashkil etadi. “IMPERIYA SHOES” МСHJ da ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar modellarining turi 10 hil dan oshiqdir. Maxsulotning o’rtacha narxi 70 000 so’mni tashkil etadi. Korxona o'z mahsulotlarini asosan mahalliy bozorlarga yo'naltiradi.