UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

#MadeInUzbekistan

Bugun #MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Farg'ona viloyatida joylashgan “EVE SHOES” MCHJ mahsulotlari haqida ma`lumot beramiz.

Korxona 2017 yilda tashkil etilgan. Asosiy ish faoliyati poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda korxonada 90 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati oyiga 15200 juftni tashkil etadi. Korxona nafaqat mahalliy bozorda balki xorijda ham o`z xaridorlariga egadir. Korxona mahsulotlari Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistonga eksport qilinadi.

Mahsulotlarni kompaniyaning Farg'ona viloyatida joylashgan do‘konlaridan va ichki bozorlardan topishingiz mumkin