UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

​Turkiyaning “Layki” brendi Oʼzbekistonga 1 mln.dollar sarmoya kiritadi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Turkiyaning “Layki” kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv oʼtkazdi. Muloqoda turk brendi va Oʼzbekiston korxonalari hamkorligida “Layki” brendi ostida poyabzal mahsulotlari, poyabzal tagliklari, yelim xom ashyosini ishlab chiqarishga qaratilgan loyihani amalga oshirishning istiqbollari ko`rib chiqildi.

Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, O`zbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiya va “Xalq Banki” ATB vakillari ham ishtirok etib loyihani amalga oshirishning tashkiliy va amaliy jihatlari koʼrib chiqildi.

Ma’lumot uchun, “Layki” brendi poydevoriga 1989-yilda kichik ustaxonada asos qoʻyilgan.Kompaniya bugungi kunda Turkiya poyabzal va to`qimachilik bozorining yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Xorijik investor mazkur investitsiya loyihasini Toshkent viloyatining Oxangaron tumanida tashkil etilayotgan charm-poyabzal va moʼyna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasida amalga oshirish maqsadini bildirib oʼtdi. Loyihani amalga oshirish uchun investor 1 mln.dollar miqdorida to`g`ridan-to`g`ri sarmoya kiritadi.

Turkiyalik investorlarga mamlakatimiz charmsanoati tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga ajralitgan qator imtiyozlar, preferensiyalar haqida ma`lumot taqdim etildi.

Oxangaronda tashkil etilgan KSZdagi yer maydonining onlayn savdolarida ishtirok etish bo`yicha tashkiliy masalalar yuzasidan xorijiy kompaniyaga tushuntirish va axborot berildi.

Xorijiy investorga yer maydonini ajratish boʼyicha tegishli tartibda ishlarni amalga oshirish boʼyicha Uyushma tomonidan amaliy harakatlar boshlandi.