UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

​ “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimini egallab turgan Fahriddin Atoyevich Boboev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Uyushma kengashi qarori bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shu munosabat bilan bugunga qadar “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan Fahriddin Atoyevichning boshqa ishga oʻtganligi bois Uyushma markaziy apparatida kuzatuv marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi kengashi rahbariyati va Uyushma xodimlari ishtirok etdi.

Fahriddin Atoyevich Uyushmadagi ish faoliyatida soha rivoji uchun mamlakatimiz prezidentining yangi gʻoya va tashabbuslariga masʼuliyat bilan yondoshib, ularni hayotga samarali joriy qilishda oʻz faolligini koʻrsatib keldi. Charmsanoat tarmogʻining bugungi yutuqlariga oʻz hissasini qoʻshdi. Fahriddin Atoyevichga “Oʻzcharmsanoat” uyushmasida samarali ish faoliyati davomida orttirgan obroʻ-eʼtibori, charm sanoati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Uyushma hodimlari va koʻp sonli tadbirkorlarimiz nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Kelgusi ish faoliyatida yangidan-yangi zafarlar, Oʻzbekistonni yanada rivojlantirish yoʻlida kuch-gʻayrat va shijoat tilaymiz!