Ijtimoiy himoya sohasi doimiy nazoratda
2024 yilning 20 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengayirish vazifalariga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Unda davlat rahbari tomonidan barcha tarmoq va mas’ul idoralarga bu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma va vazifalar yuklatilgan edi.
Mazkur yig`ilish kun tartibidan o`rin olgan masalalar yuzasidan alohida “Yo`l xaritasi” ishlab chiqilib, mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslar uchun mo`ljallangan maktab-internatlar, kasb-hunar kolejllarini otaliqqa olish bo`yicha barcha vazirlik, idolara va birlashmalarga aniq topshiriqlar belgilab berildi. Xususan, “O`zcharmsanoat” uyushmasi Toshkent shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolejini otaliqqa olgan.
“Yo`l xaritasida” belgilangan vazifalar ijrosini samarali va o‘z vaqtida bajarish, kolej o‘quvchilarining ta’lim olishlari uchun yanada qulay sharoitlarni tashkil etish maqsadida “O`zcharmsanoat” uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Farxod Nurmuxamedov Toshkent shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolejida bo‘lib, pedogoglar jamoasi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada jadallashtirish, bitiruvchi kurs o‘quvchilarini ishga joylashtirish, moddiy texnik bazani yangilash bo`yicha pedogoglar jamoasi bilan fikrlashildi. Alohida dastur asosida bu ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Jumladan, bitiruvchi kurs o`quvchilarini uch tomonlama shartnoma asosida ishga joylashtirish borasida Uyushma tomonidan hududlardagi charm sanoat korxonalari bilan kelishuvlar imzolanib, har bir o`quvchini ishga joylashtirish choralari ko‘riladi. Shuningdek, o`quvchilar uchun mahsus dastgoxlar, ish stollari, mahsulot ishlab chiqarishlari uchun zarur bo`lgan xom ashyo va kimyoviy moddalar homiylik asosida beg`araz yetkazib beriladigan bo`ldi.