UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

​Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

Joriy yilning 15-aprel kuni "O'zcharmsanoat" uyushmasi raisi v.b. F.Nurmuhamedov Hindistonning “Homera Tanning Industries Pvt.Ltd.” kompaniyasi vakillari bilan muloqot o’tkazdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi Respublikamizdagi terini qayta ishlab chiqaruvchi salohiyatli korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Hindiston davlatiga eksportini yoʼlga qoʼyish va mavjud savdo operatsiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida savdo omborini tashkil etish masalasi bo’ldi.

Uchrashuv avvalida Hindiston kompaniyasiga mamlakatimiz sanoat tarmoqlarida xususan, charmsanoat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati toʼgʼrisida maʼlumot berildi. Shuningdek, milliy sanoatimizga sarmoya kiritish maqsadida boʼlgan xorijiy investorlarga davlat tomonidan yaratilgan sharoit va berilayotgan imkoniyatlar, preferensiyalar, soliq, bojhona imtiyozlari toʼgʼrisida taqdimot oʼtkazildi.

Maʼlumot uchun: Mazkur kompaniya 1987 yilda asos solingan.Bugungi kunda kompaniyada 900 dan ortiq ishchi faoliyat yuritadi.Kompaniya tomonidan bir oyda tayyor charm mahsulotlaridan 500 ming kvadratfut charm remenlari, 500 ming kvadratfut poyabzal uchun mol terisidan tayyor charm, 2 mln. kvadratfut avtomobil va mebel sohasi uchun charm, 100 ming dona charmdan remenlar, 60-80 ming juft poyabzal ustki qismlari, 25 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Kompaniya Hindistonda tashkil etilishi ko’zda tutilgan savdo omboridan tayyor terini sotib olishni o’z oldiga reja qilgan.

Shuningdek, kompaniya vakillari Hindiston davlatida terini qayta ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar ham qiziqish bildirib, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o’tdi.

Muloqot yakunida Uyushma raisining xorijiy maslahatchisi Mitesh Verma tomonidan bozor tahlillariga asoslangan aniq maʼlumotlar va savdo omborini tashkil etish yuzasidan yoʼlga qoʼyiladigan koʼp tomonlama hamkorlik aloqalari toʼgʼrisida tegishli rejalar maʼlum qilindi va tushuntirib berildi.