UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

INNOPROM — 2024: mamlakatimizda katta sanoat haftaligi boʻlib oʻtmoqda

Toshkentda "INNOPROM" Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Tadbirda O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmonlari, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Tatariston, Xitoy kabi 20 dan ortiq davlalatlarning 300 dan ortiq yirik sanoat korxona va kompaniyalari soha yutuqlari va ishlab chiqarish imkoniyatlarini namoyish etmoqda . Ko'rgazmaning umumiy maydoni 14 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Forum dasturidan 15 dan ortiq yirik tadbirlar va 200 dan ortiq ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘rin olgan.

INNOPROM doirasida ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yangi imkoniyatlar va istiqbollarni aniqlash, yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi.

Mazkur ko‘rgazmada “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga a'zo korxonalar jamoaviy stendi bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmada uyushmaga a’zo 40 dan ortiq korxonaning 100 dan ortiq turdagi charm-poyabzal mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Mahalliy korxonalar xorijlik hamkorlarga nafaqat tayyor charm, poyabzal, moʻynali buyumlar, balki mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ham namoyish etmoqda. Bu jun, qorako'l mo'yna, PVX, jelatin, poliuretan, lanolin, avtomobil o'rindiqlari uchun charmdan tayyorlangan mahsulotlardir.

Ko‘rgazma hamkorlikni kengaytirish va yangi eksport xaridorlarini topish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

Ko‘rgazmaning birinchi kunida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi vakillari Rossiya, Tojikiston, Belarus kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. O‘zaro manfaatli muzokaralar olib borildi. Xususan, Rossiyaning "Кибер цех" kompaniyasi bilan muloqot boʻlib oʻtdi. Suhbat mavzusi ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun sun'iy intellekt usullaridan foydalanishdir. Bu birinchi tizim bo'lib, u ishlab chiqarish vaqtini qisqartiradi, unumdorlikni oshiradi, tugallanmagan ishlar hajmini kamaytirad. Energiya xarajatlarini kamaytiradi.

Umuman olganda, Xalqaro sanoat ko'rgazmasi “INNOPROM Markaziy Osiyo” ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va yangi aloqalarni izlash uchun samarali platformaga aylandi. Oldinda hali yangi muzokaralar bor. Ko'rgazma 24 aprelgacha davom etadi