O‘ZBEKISTON VA AQSH O'RTASIDA KO‘RGAZMA FAOLIYATIDA HAMKORLIK QILISH TO'G'RISIDA MUHOKAMA OLIB BORILDI.
O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Nyu-Yorkdagi eng yirik professional poyabzal ko‘rgazmasi FSNYE (Footwear Show New York Expo) rahbari Fillis Reyn bilan videokonferensiya aloqa orqali muzokaralar olib bordi.
Footwear Show New York Expo (FSNYE) xaridorlar va poyabzal chakana sotuvchilarga Nyu-Yorkdagi qulay B2B platformasini taqdim etuvchi taniqli boshqaruv kompaniyasi boʻlib, u yerda ular yangi qiziqarli brendlarni kashf etishlari, poyabzal bozoridagi tendentsiyalarni oʻrganishlari va mahsulot haqida toʻliq maʼlumot olishlari mumkin. - va bularning barchasi bitta tom ostida.
FSNYE rahbari bilan muhokamalar markazida koʻrgazma faoliyati boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xususan, Oʻzbekiston charm-poyabzal sanoati tadbirkorlariga Nyu-York koʻrgazmasida ishtirok etishi va Amerikalik tadbirkorlarning Toshkentda bo’lib o’tadigan ko'rgazmada ishtirokini taʼminlash masalalari boʻldi.