"O'zcharmsanoat" uyushmasi raisining o'rinbosari Mirsaid Zoxidov Parkent tumani yoshlari bilan uchrashdi.
"O'zcharmsanoat" uyushmasi raisining o'rinbosari Mirsaid Zoxidov Parkent tumani yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng ko'lamli islohotlarda enga avvalo samarali xalqimiz farovonligini yanada oshirish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularning tashabbuslarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligi alohida ta'kidlandi.
Mazkur uchrashuvda uyushma vakillari yoshlarni o'ylantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha fikr almashdi. Ularni kelajakdagi reja va orzulari bilan tanishdi. Tadbirkorlikga jalb qilish bo'yicha "O'zcharmsanoat" uyushmasi tomonidan yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar xaqida ma'lumot berildi. Amaliy yechim talab etadigan masalalarga atroflicha to'xtalib, ularga yordam ko'rsatish chora-tadbirlari rejasi tuzib olindi.