SERTIFIKATLASH TIZIMIDA XALQARO HAMKORLIK
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Lineapelle ko`rgazmasi doirasida Buyuk Britaniyadagi Xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti (SLF) ijrochi direktori Debora Tayler bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston charm poyabzal korxonalarining yana bir guruhini ushbu tashkilotning sertifikatlarini olish jarayonlarini tezlashtirish, va ularning ishlab chiqarishiga Yevropa sifat menejmentini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Ma`lumot uchun SLF terini qayta ishlash va ishlab chiqarish sohasida ekologiya, mehnat, ijtimoiy va iqtisodiy tamoyillarning amalga oshirilishini baholovchi yirik xalqaro sertifikatlash tashkiloti hisoblanadi. Ushbu tashkilotdan sertifikat olish korxonalarning Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqining barcha standartlariga to'liq mos kelishini anglatadi. Bugungi kunda 200 dan ortiq korxona tashkilotga aʼzo.
Muloqotda tashkilotga O‘zbekistonning xalqaro sertifikat talablarini xususan, ekologiya, mehnat va ijtimoiy yo`nlaishlarda amalga oshirilgan ishlar to`g`risida batafsil ma`lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekistonning bir guruh korxonalarini tashkilot a’zoligi va amaldagi boshqaruv tizimini Yevropa Ittifoqi standartlariga moslashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur sertifikat olishni rejalashtirgan “Top Quality Brand”, “Angren Charm Invest”, “Peng Sheng Charm”, “Hamkor Nur-Savdo” korxonalarida texnik parametrlar, boshqaruv tizimi va mahsulot sifatini tashkolot sertifikatlariga moslashtirish jarayonlari yakuniga yetayotgani ma`lum qildindi. Ushbu korxonalarga SLF sertifikatlarini tez fursatda topshirish yuzasidan fikr almashildi.