CHARMSANOAT VA TO`QIMACHILIK TARMOQG`IDA YANGI O`QUV MARKAZI OCHILDI
GIZning “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash – TexVET” loyihasi doirasida To‘qimachilik, tikuvchilik va charmsanoat sohasida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashining O‘quv markazi o`z faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan markazning ochilish marosimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida “O`zcharmsanoat”, “O`zto`qimachiliksanaot” uyushmasi, Germaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi va GIZ vakillari, jamoatchilik hamda OAV ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) 130 ta davlatda faoliyat yurituvchi Germaniya federal kompaniyasidir. GIZ Germaniya Federativ Respublikasi hukumatini barqaror rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik sohasidagi o‘z maqsadlarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaydi.
GIZ O‘zbekistonda 1992 yildan buyon loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Xalqaro hamkorlik orqali GIZ iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Matbuot anjumanida GIZning TexVET loyihasining maqsad va vazifalari, yengilsanaot tarmoqda kengash faoliyatining o`rni, tarmoqda barqaror o`sish suratlarini ta`minlashda muhim omillar hususida so`z bordi. Soha vakillari tomonidan taqdimotlar o`tkazildi. Shuningdek, markazning O‘zbekiston Tarmoq kengashlari salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlari haqida ma`lumotlar berildi.