UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

“VODIY SHOES ” MCHJ

Korxona Farg'ona viloyatida joylashgan bo'lib 2019 yildan o`z faoliyatini boshlagan. Korxona Germaniya, Chexiya va Italiyaning zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlangan. “VODIY SHOES” MChJ O`zbekistondagi birinchi avtomatlashtirilgan poyabzal ishlab chiqarish imkoniyatiga ega korxona hisoblanadi. Korxonada mahsulotlar asosan mahalliy xomashyodan tayyorlanadi.

Korxonaning yillik quvvati 1 million juft poyabzal ishlab chiqarishni tashkil etadi. Korxona ochilishi bilan 800 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlandi. “VODIY SHOES” MCHJ brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentida klassik poyabzallar, sport va bolalar poyabzallari, shuningdek, buyurtma asosida tayyorlangan barcha turdagi xavfsizlik poyabzallarini uchratish mumkin.