UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

“Etalon” kompaniyasi


“Etalon” kompaniyasi joriy yilgi ko`rgazmada sizga mehnat muhofazasi sohasida “SPRUT-Спецодежда”, “Perfect Protection”, “Мистраль Ultra” , “E-Pro” kabi brendlar kabi eng yangi poyabzal mahsulotlari va maxsus kiyimlar bilan tanishish imkoniyatini taqdim etadi.

Biz, shuningdek, “Leon Medikal Premium”, “KS Safety”, “Tigar”, “Jumko” kabi bir qator Yevropa brendlarini taqdim etamiz:

“TIGAR” (Century) tomonidan xavfsizlik poyabzallari jumladan o't o'chiruvchilar, qutqaruvchilar va o`rmonchilar uchun maxsus tabiiy va sintetik kauchukdan tayyorlangan qo'lda ishlangan, eng yuqori himoya xususiyatlariga ega poyabzallarni taqdim etadi.

“E-PRO” poyabzallar seriyasi esa alpinistlar, sportchilar, harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan.

"KS Safety" Serbiyadan haqiqiy teridan qilingan yuqori sifatli trekking va ish poyabzallarini taklif etadi. Brend mahsulotlari kuch va ishonchni birlashtiradi. Barcha sharoitlarda qulaylik va himoyani ta'minlaydi. Sizning maqsadlaringizga murosasiz erishish imkonini beradi.

“Jumko” taktik kiyim ishlab chiqarishda yetakchi sanaladi. Kompaniya Serbiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi uchun formalar ishlab chiqaradi. Shuningdek, boshqa davlat organlari, davlat va tijorat korxonalari va tibbiyot markazlari xodimlari uchun uniformalar tayyorlaydi. “Jumko” shuningdek, Makedoniya va Italiya armiyasi, Chernogoriya ichki ishlar vazirligi hamda Makedoniya, Bosniya va Gertsegovina fuqaro mudofasi uchun kiyim-kechak ishlab chiqaradi.

Batafsil ma`lumot va assortiment bilan brendlarning veb-saytlarida tanishing

www.etalon-pro.ru

www.e-tkani.com

www.e-protactikal.ru

www.tigarshoes.ru

www.leonmedical.ru