"Sitonni” MCHJ
Yengil sanoatni rivojlantirishga, yangi mahsulotlar, materiallar, texnologiyalar yaratishga va ularni ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etishga qaratilgan "Sitonni” MCHJ innovatsiyaviy fabrikasi 2001 yilda ochilgan. Korxona tabiiy charmdan zamonaviy, sifatli, qulay, bejirim poyabzallar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
"Sitonni” MCHJ har qanday yoshdagi mijozlar uchun erkaklar poyabzallarining katta va xilma-xil jamlanmasini taklif etadi. Assortimentda klassik va sport poyabzallari: etiklar, tuflilar, krossovkalar va boshqalar taqdim etiladi. "Sitonni” MCHJ da moda trendlariga alohida e'tibor beriladi.