UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

“GOLD LEATHER EXPORT IMPORT” МCHJ

2015-yilda Namangan viloyatida tashkil etilgan bo'lib korxona tayyor charm ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yilliga 2,0 mln dm.kv. etadi. “GOLD LEATHER EXPORT IMPORT” МCHJ 10 ta turli rangdagi tayyor charm mahsulotlarini ishlab chiqaradi.Korxona nafaqat mahalliy bozorda balki xorijda ham o`z xaridorlariga egadir. Korxona mahsulotlari Rossiya, Qozog`istonga eksport qilinadi.

Shuningdek,korxona kelgusida Italiyadan yangi turdagi ishlab chiqarish uskunalari olib kelib o'z mahsulotlarini kengaytirishni reja qilgan.