UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

"Top Quality Brand" MChJ

Surxondaryo viloyatida Аngor tumanida "Top Quality Brand" MChJ korxonasi tomonidan Italiyaning eng soʼnggi texnologiyalari asosida umumiy qiymati 18,0 mln. Yevro boʼlgan teri xom-ashyosini qayta ishlash hamda tayyor charm ishlab chiqarish loyihasi ishga tushurildi. Ushbu loyiha natijasida yiliga 90,0 mln kv.dm tayyor charm ishlab chiqariladi va 120 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.

Joriy yil sentyabr oyida korxonaning birinchi bosqichi ishga tushirildi, birinchi bosqichda terini qayta ishlab (vet-blyu, krast, finish) tayyor charm ishlab chiqaradi, ikkinchi bosqichda xorijiy brentlarni jalb etgan holda poyabzal va charm attorlik mahsulotlari ishlab chiqarishni va 2024 yilga kelib esa jelatin ishlab chiqarishni ham yoʼlga qoʼyishi rejalashtirilgan.