UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

SHHV-"COVERGUARD" JAHON BOZORINING YIRIK ISHTIROKCHISI O'ZBEKISTONGA QIZIQISH BILDIRMOQDA

"O'zcharmsanoat" uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev MDH, Kavkaz va Boltiqbo'yi davlatlaridagi "COVERGUARD" fransuz kompaniyasining mintaqaviy direktori Yekaterina Medvedeva bilan muzokaralar olib bordi.

Ma'lumot uchun, "COVERGUARD" global shaxsiy himoya vositalari (SHHV) bozorining asosiy ishtirokchisi sifatida ish joyidagi ayollar va erkaklarni himoya qilish uchun noyob, original, qulay va ishonchli mahsulotlarning keng assortimentini ishlab chiqaradi va tarqatadi. Kompaniya 100 dan ortiq mamlakatlarda distribyutorlarga ega va yilliga 1,5 million juft poyabzal va 133 million juft qo'lqop sotadi.

"COVERGUARD" Fransiya, Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlarda o'z ishlab chiqarishlariga ega. "COVERGUARD" o'z brendini yana ham kengaytirish uchun yangi, yanada manfaatli joylarni qidirmoqda. Davlatimizning faol siyosiy-iqtisodiy kun tartibini (Fransiya Prezidentining O'zbekistonga tashrifi, IHT sammiti o'tkazilishi va boshqalar) qayd etib, mehmon "O'zbekiston bugungi kunda talab qilinadigan yo'nalish"ekanligini ta'kidladi.

Muzokaralar chog'ida tomonlar O'zbekistonda "COVERGUARD" shaxsiy himoya vositalari sohasida jahon brendi buyurtmalarini autsorsing shartlari asosida joylashtirish imkoniyatini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida ishlab chiqarishlarda mahsulot sifatini nazorat qilishni joriy etish, shuningdek, O'zbekiston korxonalari tomonidan Yevropa namunasidagi tegishli sertifikatlarni olish jarayonlarini qamrab oluvchi o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishildi.