“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida Charm-poyabzal sanoati ilmiy-texnik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T.Oʻrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining ilmiy xodimi tomonidan texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PHD) ilmiy darajasini olish uchun, “Koʻn yarim mahsulotni yoʻnuvchi valli ishchi organning parametrlarini tadqiq qilish va asoslash” mavzusida tayyorlangan ilmiy tadqiqot ishi (dissertatsiya ishi) loyihasi, xususan, unda qayd etilgan innovation yechimlar, tadqiqot ishi loyihasining maqsadga muvofiqligi va amaliy ahamiyati darajasi masalalari atroflicha koʻrib chiqildi va muhokama etildi.
Ushbu muhokama Ilmiy-texnik kengash yigʻilishi boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq oʻtkazildi.
Tadqiqot ishi loyihasi, jumladan, undagi yechimlar mazkur kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, keyingi bosqichga tavsiya etilgani izlanish davomida qoʻlga kiritiladigan yechimlarning soha korxonlari faoliyati uchun muayyan ahamiyatga ega boʻlishi mumkinligi ta’kidlab oʻtiladi.