ISHTIROKCHILARNING FIKR-MULOHAZALARI
«Ўзбекистонда аёл тадбиркорларга эътибор кучаймоқда. Буни менга давлат мукофоти берилгани мисолида кўриш мумкин» — тадбиркор Президент томонидан тақдирланган тадбиркор Гавҳаржан Жуманова чарм саноатига қандай кириб келгани, пойабзал ишлаб чиқариш жараёни ва фаолиятидаги қизиқарли воқеалар ҳақида гапириб берди.
“O’zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar avtomobilsozlik, elektrotexnika, tog‘-kon, kimyo, metallurgiya, neft-gaz tarmoqlarida faoliyat olib borayotgan korxonalar bilan o`zaro kooperatsiya aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida B2B muloqotlar va muzokaralar o`tkazdi. Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi yakuni bilan charmsanoat sohasi korxonalari tomonidan 152 mlrd. so`mlik kooperatsiya shartnomalari imzolandi.
“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi ham davlatimiz rahbari boshlab bergan xayrli tashabuslarga yelkadosh boʼlib, nogironligi boʼlgan insonlarni charmsanoat sohasiga ham jalb etgan xolda ularni bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari va yirik korxonalarda ishlashlari boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Аna shunday xayrli ishlarning navbatdagisiga ham start berildi.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan "Bene Best" MChJ 2 mlrd. soʼm evaziga erkaklar poyabzallarini ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirdi. Bu yerda yiliga 50 ming juft poyabzal ishlab chiqariladi. 50 ta yangi ish oʼrni yaratildi. Korxona 2024 yildan Rossiyaga eksportni boshlashni reja qilgan.