UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

​Made in UZBEKISTAN

Bugun #MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Toshkent shahrida joylashgan “The Black Quail” XK mahsulotlari haqida ma`lumot beramiz. Korxona 2013 yilda tashkil etilgan. Asosiy ish faoliyati tabiiy charm attorlik buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Bugungi kunda korxonada 50 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati oyiga 3000-5000 dona mahsulot tashkil etadi. “The Black Quail” xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar modellarining turi 70 hil dan oshiqdir. Maxsulot o’rtacha narxi 150-200 dollarni tashkil etadi. Korxona nafaqat mahalliy bozorda balki xorijda ham o`z xaridorlariga egadir. Korxona mahsulotlari Rossiya va Qozog`iston va Turkiyaga eksport qilinadi. Mahsulotlarni korxonaning Toshkent shahrida joylashgan do‘konlari va rasmiy saytlaridandan topishingiz mumkin.