Videokonferensaloqa formatida tashkil etilgan tadbirda xududiy boshqarma hodimlari va soha korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
"O'zcharmsanoat" uyushmasida O’zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi davlat Rahbarlari tashabbusi bilan tashkil etilgan “AZERBAIJAN UZBEK INVESTMENT” MCHJ qo’shma korxonasi bilan birgalikda videokonferentsaloqa shaklida yig’ilish tashkil etildi.
Videokonferensaloqa formatida tashkil etilgan tadbirda xududiy boshqarma hodimlari va soha korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig’ilishdan ko’zlangan maqsad “AZERBAIJAN UZBEK INVESTMENT” MCHJ QK moliya sohasida o’z faoliyatini amalga oshirish orqali eksportbop va yuqori qo’shilgan qiymatli jozibador investitsiya loyihalarining ustav kapitaliga sarmoya kiritish bilan shug’ullanishi va o’z navbatida mazkur tashkilot xususiy kapital ishtirokidagi loyiha qiymatining 49 foizigacha ulushga 1 milliondan 25 million AQSH dollarigacha bo’lgan moliyaviy mablag kiritishni o’z oldiga maqsad qilgan.