MTO gaz-kimyo majmuasi charmsanoat sohasi uchun ham zarur xom ashyoni yetkazib beradi
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboev MTO gaz-kimyo majmuasi bosh direktori Masrur Shakirov bilan uchrashuv o`tkazdi. Muloqot mavzusi MTO GKMning Buxoroda amalga oshirayotgan yirik investitsiya loyihasi doirasida charmsanoat sohasida eng ko`p ishlatiladigan EVA xom ashyosidan qator mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihani hayotga tadbiq etish masalasi bo`ldi.
Uchrashuv avvalida mazur sarmoyaviy loyihani amalga oshirish uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, loyihalarning moliyaviy, xuquqiy, texnologik jihatlari, ularni hayotga tadbiq etishning muddatlari taxlil qilindi. Shuningdek, tarmoqlararo kooperatsiya asosida koroxonalar o`rtasida hamkorlikning samaradorligini oshirish masalasi muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, MTO gaz-kimyo majmuasi MTO (Metanoldan Olefingacha) texnologiyasi asosida polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik zavodlardan biri bo‘lib, u tarkibida qimmatli komponentlar kam bo‘lgan tabiiy gazni qayta ishlash imkonini beradi. 730 ming tonna hajmga ega boʻlgan polimer mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozor talabini xom ashyo bilan taʼminlayadi.
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi erkin iqtisodiy zonada joylashgan ishlab chiqarish korxonasi 15 gektar maydonni egallaydi. Loyihani 2025-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan. Tabiiy gazni yuqori darajada qayta ishlab quvvati 1 million 110 ming tonna bo‘lgan polimer mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Gaz-kimyo majmuasining qurilishi iqtisodiyotni diversifikatsiyalashga, shu qatorda nafaqat gazni, balki yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor kimyoviy mahsulotlarni ham eksport qilishga imkon yaratib beradi. Shuningdek, gaz-kimyo majmuasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar yondosh tarmoqlar uchun xom ashyo sifatida xizmat qilishi mumkin.
Misol uchun, charmsanoat sohasida EVA granulalaridan poyabzal tagligliklari, mavsumiy poyabzallar, sport matlari, plastinalar, sport aksessuarlari, avtomobillar uchun mayda detallar ishlab chiqariladi. Mavjud EVA xom ashyosidan 100% foydalanganda 400 mln. juft EVA poyabzallari, 100 mln. kv. metr sport matlarini ishlab chikarish mumkin. Xozirda polimerlar importi soxada 36 mln. dollardan oshdi. 2024 yil 44 mln. dollar bulishi kutilmoqda.
Uchrashuvda so`ngida MTO gaz-kimyo majmuasining “O`zcharmsanoat” uyushmasiga to`liq a`zoligi to`g`risidagi guvohnoma taqdim etildi.