UzCharmExpo EURASIA 2024	UzCharmExpo EURASIA 2024

#MadeInUzbekistan

Bugun #MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Namangan viloyatida joylashgan "Botir Muxammadali" xususiy korxonasi mahsulotlari haqida ma`lumot beramiz. Korxona 2013 yilda tashkil etilgan. Asosiy ish faoliyati turli xil poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda korxonada 85 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonaning ishlab chiqarish hajmi oyiga 1,3 mlrd so’mni tashkil etadi.

" Botir Muxammadali " xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar modellarining turi 50 xil dan oshiqdir. Korxona nafaqat mahalliy bozor, balki xorijda ham o`z xaridorlariga egadir. Korxona mahsulotlari Rossiya, Qozog’izton, Afg’oniston, Tojikiston davlatlariga eksport qilinadi.