#MadeInUzbekistan
Bugun #MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Toshkent viloyatida joylashgan “JFM LEGA GROUP” MCHJ mahsulotlari haqida ma`lumot beramiz. Korxona 2017 yilda tashkil etilgan. Asosiy ish faoliyati Expancel Polimer mikrosferalar,
O'zgartirilgan kauchuk (SKI-3, SKS-30 ARKM-15 uchun o’rindosh), BigDOR asfalt uchun modifikator ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda korxonada 15 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati oyiga 600 tonnagacha.
Mahsulotning o'rtacha narxi 0,50 dan 32 dollargacha. Kompaniyaning nafaqat mahalliy bozorda, balki xorijda ham mijozlari bor. Korxona mahsulotlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston va Rossiyaga eksport qilinadi.