“Peng Sheng Charm”QK Xitoyda 17 mln. АQSh dollarlik shartnoma imzoladi
Xususan, 2023 yil 21-noyabr kuni Xitoyning Shanxay shahrida “Ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda ikki davlat vakillarining ishbilarmon doira vakillari, idora va tashkilotlari, yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Muloqotda Oʼzbekiston va Xitoy oʼrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, Oʼzbekiston va Xitoy tadbirkorlari oʼrtasida manfaatli aloqlarni rivojlantirgan holda qoʼshma loyihalarni amalga oshirish boʼyicha fikr almashildi. Respublikamizning iqtisodiy koʼrsatkichlari va xorijiy investorlarni qiziqtirgan masalalar boʼyicha hukumat delegatlari atroflicha maʼlumot berdi.
Ochiq muloqotdan soʼng har bir tarmoq oʼz yoʼnalishi boʼyicha Xitoy tomoni bilan B2B uchrashuvlar oʼtkazdi. “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi delagatlari hamda Venjou shaxrida joylashgan "Wenzhou Footwear and Leather Industry” uyushmasi bilan boʼlib oʼtgan muzokaralarda charmsanoat sohasida ikki tomonlama aloqalarni yoʼlga qoʼyish hamda investitsion loyihalarni amalga oshirish boʼyicha fikr almashildi. Muloqot yakuni bilan oʼzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, uyushma qoshidagi "Charm poyabzal dizayn markazi" ShK va "Zhejiang Donnor Exhibition" kompaniyasi oʼrtasida 2024 yilning bahorida boʼlib oʼtadigan “UzCharmExpoEurAsia-2024” xalqaro koʼrgazmasida Xitoy komipaniyalarni ishtirokini taʼminlash va Xitoy milliy pavilionini tashkil etish boʼyicha muzokara oʼtkazildi. Muloqot yakunida Xitoy kompaniyasiga koʼrgazma maydonidan 200 kv.m yer maydonini sotish boʼyicha kelishuvga erishildi.
Uyushma delegatlari Shanxay savdo sanoat palatasi rahbari Lin Xin Long bilan muzokara oʼtkazdi. Muloqotda charm-poyabzal sohasida ikki tomonlama import-eksport masalalari koʼrib chiqildi. Oʼzbekistondan Shanxayga tayyor va yarim tayyor charm mahsulotlari, poyabzal, jelatin yetkazib berish boʼyicha kelishuvga erishildi. Bu ishlarni amalga oshirish yuzasidan ikki tashkilot oʼrtasida “Yoʼl xaritasi” ishlab chiqiladigan boʼldi.
Tashrif chogʼida “CIS-International Science and Technology cooperation Union” (Xalqaro Fan va Texnologiya xamkorlik ittifoqi) rahbari oʼrinbosari Chengzi Zhang bilan muzokara oʼtkazildi. Mazkur ittifoq mamlakatimiz bilan charm-poyabzal sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalasida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Shuningdek, tarmoqda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etishda amaliy koʼmakka tayyor ekanligini bildirdi.
Tashrif davomida eksport shartnomalari ham imzolanmoqda. Xususan, Uyushmaga aʼzo “Peng Sheng Charm” korxonasi Xitoyning "Yanglingguohecross-bordertrade" korxonasi bilan 17 mln. АQSh dollarlik shartnoma imzoladi.